2025 yildan elektr va tabiiy gaz tariflari yana oshiriladi
O'zbekiston
2025 yilning 1 apreldan boshlab, O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflari yana oshirilishi kutilmoqda. Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov, 18 dekabr kuni Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida, yangi oshirilgan tariflar 1 apreldan kuchga kirishini tasdiqladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2024 yil davomida tariflarning oshirilganligi qayd etilgan, ammo kelgusi yilning birinchi yarmida ham tariflar yana bir karra oshirilishi belgilangan. Bu qaror Vazirlar Mahkamasining avvalgi qarorlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Narxlarning oshishiga qaramay, Qo‘chqorov energetika sohasiga hali ham byudjetdan subsidiyalar ajratilayotganini ta’kidladi. Bu subsidiyalar, avvalambor, tariflar xarajatlarni to‘liq qoplamayotgani va gazning bir qismi import qilinishi sababli ajratilmoqda.
"Kelgusi yil byudjetida gaz va elektr energiyasi bo‘yicha subsidiyalar miqdori 7,5 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda. Joriy yilda bu raqam 12 trillion so‘m edi, ya’ni sezilarli darajada kamaygan. Bu jarayon 2025-2026 yillarda davom etadi, 2027 yilda esa ular keskin pasayishi kutilyapti. 2028 yildan esa subsidiyalar to‘liq bekor qilinishi mumkin", dedi Jamshid Qo‘chqorov.
Shuni ta’kidlash joizki, 2024 yilning may oyidan boshlab, mamlakatda elektr energiyasi va gaz tariflari oshirilib, yangi ijtimoiy normalar joriy etilgan edi.

Powered by Froala Editor