“Adolat” partiyasi prezidentlikka nomzodini eʼlon qildi

Siyosat

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod etib Maxmudova Robaxon Anvarovnani ko‘rsatish haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda UzA xabar berdi.

“Adolat” partiyasi prezidentlikka nomzodini eʼlon qildi
Qayd etilishicha, bugun, 12-may kuni partiyaning navbatdan tashqari Plenumi o‘tkazilgan.

Robaxon Mahmudova 2020-yil iyul oyidan buyon O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari — Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

U 1958-yilda Farg‘ona shahrida tug‘ilgan, bungacha Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati sudi raisi, O‘zbekiston Prezidentining Farg‘ona viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri lavozimlarida ishlagan. U Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi bo‘lgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing