2,7 mln nafar o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga chiqqani ma’lum bo’ldi

O'zbekiston

O'zbekistonlik turistlarning eng ko'p tashrif buyurgan manzillari Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyaga to'g'ri kelgan.

2,7 mln nafar o‘zbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga chiqqani ma’lum bo’ldi
2024 yilning yanvar-iyun oylarida 2,7 mln nafar o‘zbekistonliklar turistik maqsadlarda chet elga borgan, deb xabar bermoqda Statistika agentligi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 701,9 ming nafarga yoki 34,6 % ga oshgan.

Joriy yilning 6 oyida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan eng ko'p Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston va Qozog‘istonga mos ravishda 1 million 251,5 ming, 560,6 ming hamda 420 ming nafar sayyoh borgan.

Shuningdek, Rossiya 122 ming nafar, Saudiya Arabistoniga 104,6 ming nafar, Turkiyaga 91,8 ming nafar, Birlashgan Arab Amirliklariga 62,6 ming nafar, Misrga 17,6 ming nafar, Quvaytga 16,7 ming nafar, Janubiy Koreyaga 10 ming nafar hamda boshqa davlatlarga 73,1 ming nafar o'zbekistonliklar turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing