Ilon Mask Rossiya aktivlari hisobidan Ukrainaga mablag' ajratishni "aqldan ozish" deb hisoblaydi
Dunyo
Ilon Mask, Vashingtonning Ukraina uchun 20 milliard dollarlik kredit ajratishini va bu mablag‘ning to‘lanishi, Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan daromadlar hisobiga amalga oshirilishini "aqlga sig‘maslik" deb hisoblamoqda.
"Biz ularga qancha yordam qildik? Bunisi endi aqldan ozganlik", — deb yozgan Mask X (avvalgi Twitter) sahifasida.
AQSh moliya vazirligi oldinroq Ukraina uchun 20 milliard dollarlik kredit ajratilishini e'lon qilgan edi, bu mablag‘ bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi. Mablag‘larni qaytarish esa Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan olinadigan daromadlar hisobiga amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Oktyabr oyida G7 liderlari Ukraina uchun 50 milliard dollarlik kredit ajratish masalasida kelishuvga erishganliklarini e'lon qilishdi. Bu kreditlar "G7 davlatlari va xalqaro huquq doirasida Rossiyaning muzlatilgan suveren aktivlaridan keladigan kelajakdagi daromadlar hisobidan qaytarilishini" ta'kidlagan edi.
Shuningdek, AQSh Ukraina uchun 20 milliard dollar ajratishga va'da bergan, qolgan 30 milliard dollar esa G7 va Yevropa Ittifoqi tomonidan umumiy sa'y-harakatlar bilan taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning Yevropadagi aktivlarining o'g‘irlanishiga javob qaytarilishini ta'kidlagan edi. U, shuningdek, Moskva bu ishga aloqadorlarni huquqiy javobgarlikka tortishga tayyorligini bildirgan.
Kreml vakilining fikriga ko‘ra, Yevropa Ukrainaga yordam berish uchun Rossiyaning aktivlaridan foydalanishga qaror qilib, eng yomon yo‘lni tanlagan.

Powered by Froala Editor