O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anni tavallud kuni bilan tabriklab, O‘zbekiston-Turkiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Telefon muloqoti chog‘ida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanayotganini qayd etib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalarini belgilab oldilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik va faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Yetakchilar ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik yuksak darajaga chiqqani, savdo-iqtisodiy va madaniy hamkorlik jadal rivojlanib borayotganini qayd etdilar. Investitsiyalar, energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi bo‘lajak sammitlarga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini ham muhokama qildilar.
Suhbat yakunida Prezidentlar muborak Ramazon oyi kirib kelgani bilan bir-birini tabriklab, xalqlarimizga tinchlik-osoyishtalik va farovonlik tiladilar.

Powered by Froala Editor