O'zbekistonlik tikuvchi ayol Dilorom Yo'ldosheva BBC 2024 - "100 Ayol" loyihasida ilhomlantiruvchi ayol timsolida ro'yxatga kiritildi
Dunyo
BBCning har yili o'tkaziladigan "100 Ayol" loyihasi 2024 yil uchun dunyo bo'ylab 100 nafar ilhomlantiruvchi va ta'sirchan ayollarni taqdim etdi. Ushbu ro'yxat, ayollarning jamiyatdagi o'rni, ularning jamiyatdagi ijobiy o'zgarishlar uchun qilgan mehnatlarini va kurashlarini yoritishga qaratilgan.
Tikuvchi va tadbirkor ayol-Dilorom Yo‘ldosheva, ikki yil avval Dilorom Yo‘ldosheva o‘rim-yig‘im paytida ikki oyog‘idan ayrilgan edi. Ammo bu uning katta orzu qilishiga to'sqinlik qilmadi. U yangi kasb-hunarlarni o‘rganish bilan birga, yosh o‘zbek ayollariga tirikchilikka ko‘maklashishni maqsad qilgan va shu bois o‘zining tikuvchilik biznesini ochishga qaror qilgan.
U 40 dan ortiq shogirdlarni tayyorlashni davom ettirdi. Bir necha oy ichida uning tadbirkorligi sezilarli darajada o'sdi, bepul ustaxonalar ochdi va ishchilar va maktab o'quvchilari uchun kiyim-kechak ishlab chiqarish bo'yicha shartnomalar tuzdi.
Ro'yxatdagi eng taniqli shaxslaridan biri – Nadiya Murad. U 2018 yilda Nobel Tinchlik mukofoti sovrindori bo'lib, zo'ravonlikka uchragan ayollar huquqlari uchun faol kurashmoqda. Nadiya o'zining shaxsiy tajribasi orqali, eng og'ir sharoitlarda ham ayollarni himoya qilish va ularning huquqlarini himoya qilishga chaqiradi. U jahon miqyosida ayollar uchun xavfsiz va adolatli muhit yaratish maqsadida davom etmoqda.
Jizel Peliko — zo'ravonlik va jinsiy zo'rlashdan omon qolgan ayollarning huquqlarini himoya qiluvchi faollardan biridir. Uning kurashi, ayollarga qarshi zo'rlik va kamsitishlarning oldini olishga qaratilgan.
Ushbu ayollar, o'zlarining faoliyatlari orqali jamiyatda ijobiy o'zgarishlar yaratishga intilishmoqda. Ularning kurashi, barcha jamiyatlar uchun tenglik va adolat yo'lida amalga oshirilayotgan muhim qadamlar bo'lib, ayollarning dunyo miqyosida yanada kuchliroq ovozga ega bo'lishiga yordam beradi.
Aslida har bir ayol betakror hilqatdir. Har bir ayolning o'ziga xos jozibasi va metindek irodasi bor. Faqatgina ayollar o'z ichki kuchilariga ishongandagina buni namoyon qilaoladilar.

Powered by Froala Editor