Qurilish inspektsiyasi Hukumat tarkibiga oʼtkaziladi va vakolatlari kengaytiriladi

O'zbekiston

Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar boʼyicha jazo choralarini kuchaytiriladi.

Qurilish inspektsiyasi Hukumat tarkibiga oʼtkaziladi va vakolatlari kengaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 17 iyul kuni o'tkazilgan videoselektor yigʼilishida qurilish inspektsiyasi faoliyatini jonlantirish zarurligi qayd etildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Oʼtgan bir yarim yilda ekspertizasi yoʼq 2,2 ming obʼekt qurilishiga asossiz ruxsat berilgan. Oʼtgan yil roʼyxatdan oʼtkazilmasdan qurilishi boshlangan 1,6 mingta obʼekt aniqlangan.

Shu bois, ushbu inspektsiya Hukumat tarkibiga oʼtkazilishi va vakolatlari kengaytirilishi belgilandi. Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar boʼyicha jazo choralarini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi. Bunday holatlarni aniqlash uchun Qurilish inspektsiyasining texnik vositalar, shu jumladan dronlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing