Yurtimizning sayyohlik imkoniyatlari Urumchidagi Xitoy-Yevrosiyo ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda

O'zbekiston

Shu kunlarda Xitoy xalq Respublikasining Urumchi shahrida Xitoy-Yevrosiyo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Turizm qo‘mitasining matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yurtimizning sayyohlik imkoniyatlari Urumchidagi Xitoy-Yevrosiyo ko‘rgazmasida namoyish etilmoqda
Xalqaro ko‘rgazmada Made in Uzbekistan nomi ostida O‘zbekiston stendi ham taqdim qilinmoqda.

Unda Turizm qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekistonning turizm imkoniyatlarini keng auditoriyaga ochib beruvchi taqdimot namoyish etilmoqda.

Taqdimotda Xitoy sayyohlik bozorini jalb etishda ahamiyatli bo‘lgan hunarmandchilik mahsulotlarimiz, gastroturizm, tibbiy turizm, agroturizim, ekstremal tog‘ turizmi, shuningdek, tarixiy qadamjolarlarimiz va safari turizm imkoniyatlari ham keng targ‘ib etilmoqda.

Eslatib o’tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar soni haftasiga 100 ta reysga yetkazilishi haqida xabar bergan edik.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing