Loyiha haqida
"Bright Uzbekisan" loyihasi "Top Business Group" tomonidan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ko‘magida tashkil etilgan xalqaro loyihadir. Loyiha O‘zbekistonning nufuzini oshirish va iqtisodiy salohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish uchun mo‘ljallangan bosma nashr va onlayn axborot portalini o‘z ichiga oladi.
Loyihaning asosiy maqsadi jahon hamjamiyatiga O‘zbekistonning eksport, import va sarmoyaviy salohiyatini namoyish etishdan iborat. Loyiha, shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi o‘rnini mustahkamlash va mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investorlarni jalb etishga qaratilgan. Shuningdek, jurnalning har bir soni O‘zbekiston va boshqa davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ko‘rsatkichidir.
Nashrda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborot bloki, qolaversa, O‘zbekiston va jahondagi muvaffaqiyatli ishbilarmonlar va nufuzli shaxslar bilan suhbatlar, tashqi savdo yangiliklari, tahliliy sharhlar, statistika va tahlillar, shuningdek, turizm, sport, qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti, taʼlim va axborot texnologiyalariga oid mavzular o‘rin olgan.
"Bright Uzbekistan" loyihasi O‘zbekistonda va butun dunyodagi biznes imkoniyatlar, tadbirkorlar va investorlar o‘z maqsadlariga erishish uchun bu imkoniyatlardan qanday foydalanishlari haqidagi ma'lumotlarga ega bo'lish uchun ishonchli manba.