«Yangi qonunlar qabul qilmaymiz»: Turdimov ota-onalarni farzandlari ta’limida faolroq ishtirok etishga chaqirdi
O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — oliy ta’lim va fan vaziri Erkinjon Turdimov ta’lim sohasidagi muammolarni hal qilish uchun yangi qonunlar qabul qilish shart emasligini bildirdi. Uning aytishicha, zarur me’yorlar allaqachon mavjud, endi asosiy vazifa amaldagi talablarning bajarilishini ta’minlash va ota-onalarning farzandlar ta’limidagi ishtirokini kuchaytirishdir.
Oʻzbekiston Prezidenti va YXHT Parlament assambleyasi raisi hamkorlikning yangi yoʻnalishlarini belgilab oldilar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi raisi Pere Joan Pons Sampyetroni qabul qildi.
Cleveland Clinic rahbari AKFA Medline klinikasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonda tibbiyotni rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi
Cleveland Clinic prezidenti va bosh ijrochi direktori doktor Tomislav Mihaljevic 19-oktabr kuni strategik hamkorlik doirasida O‘zbekistonga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirdi. U AKFA Medline University Hospital faoliyati bilan tanishdi, shifokorlar va rezidentlar bilan uchrashdi, shuningdek, tibbiy infratuzilma va ta’limni rivojlantirish loyihalarini ko‘zdan kechirdi.
O'zbekiston
Yangi Qarshi shahri barpo etiladi
Gʻuzorda zamonaviy koʻchatchilik markazi tashkil etildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Gʻuzor tumanida tashkil etilgan koʻchatchilik markazi faoliyati bilan tanishdi.
Oʻzbekiston Prezidenti Marko Rubio va Serjio Gorni davlat mukofotlari bilan taqdirladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari Davlat kotibi Marko Rubio va AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus vakili Serjio Gorga davlat mukofotlarini topshirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Moturidiy bobomizning ming yil avval yozgan asarlari bugun ham dolzarb”
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi Imom Moturidiy yodgorlik majmuasida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Samarkand Marathon 7–8-noyabr kunlari dunyo bo‘ylab yuguruvchilarni birlashtiradi
7–8-noyabr kunlari Samarqandda Samarkand Marathon bo‘lib o‘tadi. U Samarkand Marathon Series 2026 mavsumining yakuniy musobaqasi hisoblanadi. Musobaqaga xorijiy ishtirokchilarning qiziqishi sezilarli darajada oshdi: hozirgacha 63 mamlakatdan 1 583 kishi ro‘yxatdan o‘tgan. Ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda.
Yapon-o‘zbek musiqa festivali Toshkentda ikki mamlakat san’atkorlarini birlashtirdi
10-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Yapon-o‘zbek musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Yaponiya san’atkorlari simfonik musiqa, vokal hamda raqs chiqishlarini taqdim etdi.
O‘zbekistonda ekologik nazorat: qoidabuzarliklar va kadrlar bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlandi
O‘zbekistonda ekologik nazoratdagi kamchiliklar va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish choralari keskin tanqid qilindi. Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi, Ekopolitsiya boshlig‘i Aziz Abduhakimov rahbarligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilish yakunida bir qator mas’ul rahbarlar lavozimidan ozod etildi.
Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktabr kuni Oʻzbekiston – Rossiya Hukumatlararo komissiyasi va Hududlar kengashining navbatdagi yigʻilishlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizda boʻlib turgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi oʻrinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Xalqaro paxta kuni hamda Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar ishtirokchilariga
Hurmatli xalqaro anjuman ishtirokchilari! Qadrli mehmonlar! Dunyoning 30 dan ziyod mamlakatidan taniqli olim va ekspertlar, tadbirkorlar, shuningdek, ko‘plab xalqaro tashkilotlar vakillari ushbu forumlarda ishtirok etayotgani ularga bo‘lgan e’tibor va qiziqish katta ekanidan dalolat beradi.
Abror Pulatov O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi kotibiyati mudirining o‘rinbosari etib tayinlandi
Abrorjon Masutovich Pulatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari kotibiyati mudirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Tegishli qaror Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan rasmiylashtirildi.
ARAL ULTRA 2026: O‘zbekiston tarixidagi ilk 100 km ultramarafon Orol dengizi bo‘yida o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida xalqaro ARAL ULTRA 2026 ultramarafoni yakunlandi — bu O‘zbekiston tarixidagi ilk 100 km masofaga yugurish musobaqasidir. 1–3 oktabr kunlari Qoraqalpog‘istonda ARAL ULTRA dasturi bo‘lib o‘tdi, 3 oktabr kuni esa ishtirokchilar Ustyurt platosi orqali to‘rtta treyl masofasida yugurib, Orol dengizi sohilida marraga yetib kelishdi.
«Sobir Rahimov — Urtaaul» uchastkasida yangi temir yo‘l yo‘l o‘tkazgichi foydalanishga topshirildi
2026-yil 3-oktabr kuni «Sobir Rahimov» va «Urtaaul» stansiyalari oralig‘ida yangi zamonaviy temir yo‘l yo‘l o‘tkazgichi foydalanishga topshirildi. Inshoot «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyati kesishmasidagi transport oqimini tartibga solish maqsadida qurildi.
Samarqandda AI davrida konstitutsiyaviy odil sudlov masalalari muhokama qilinmoqda
Samarqandda Osiyo konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari assotsiatsiyasining (AACC-ASIA) VII Kongressi bo‘lib o‘tmoqda. 1–2 oktabr kunlari o‘tkazilayotgan anjuman raqamlashtirish va sun’iy intellekt sharoitida konstitutsiyaviy odil sudlov masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda 20 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari FIFA Prezidentini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qildi.
Prezident O‘zbekiston ta’lim tizimi oldiga yangi vazifalarni qo‘ydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetida pedagoglar bilan uchrashdi. Davlat rahbari ustozlarni kasb bayrami bilan tabriklab, ta’lim sifatini oshirish, darsliklarni yangilash va maktab bitiruvchilarini mustaqil hayotga tayyorlash bo‘yicha navbatdagi vazifalarni belgiladi.
Mirziyoyev: O‘zbekiston dunyo shaxmat markaziga aylanishi kerak
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab, terma jamoa yutuqlarida murabbiylar, ota-onalar va tayyorgarlik tizimining o‘rnini ta’kidladi. Uning aytishicha, mamlakatning navbatdagi maqsadi O‘zbekistonni nafaqat Olimpiada chempioni, balki dunyo shaxmat markaziga aylantirishdir.
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasi g‘oliblari va ishtirokchilarini mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni Mamlakatimizda, qadimiy Samarqand shahrida ilk bor o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashib, o‘zining yuksak professional mahorati, aql-zakovati, iroda va matonatini yaqqol namoyon etgani, dunyoning 200 dan ziyod davlatidan kelgan eng kuchli shaxmatchi va grossmeysterlar o‘rtasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Yangi O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va shon-shuhratini oshirishga munosib hissa qo‘shgani, shuningdek, respublikamizda sportni keng ommalashtirishda shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda milliy g‘urur va vatanparvarlik fazilatlarini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:
«San’at dunyosi»: Toshkent to‘rt kun davomida Rossiya musiqasi, kinosi, baleti va san’atini qabul qiladi
II «San’at dunyosi» Rossiya san’ati festivali 2026-yil 1–4 oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. To‘rt kun davomida Rossiyaning yetakchi teatr, musiqa va xoreografiya jamoalari, kinorejissyorlar hamda rassomlar san’atning turli yo‘nalishlarini namoyish etadi. Festival o‘tkazilishi tashkilotchilar va rasmiy madaniyat platformalari tomonidan tasdiqlangan.