14 mingdan ortiq özbekistonlik Buyuk Britaniyaga mavsumiy işlarga yuborildi

O'zbekiston

Sönggi uç yil içida 14 mingdan ortiq Özbekiston fuqarosi Buyuk Britaniyaga mavsumiy işlarga yuborildi. Bu masalalarni 23-noyabr kuni Özbekiston Migratsiya agentligi va Britaniyaning Fair Work Agency (FWA) vakillari videokonferensiyada muhokama qildi.

14 mingdan ortiq özbekistonlik Buyuk Britaniyaga mavsumiy işlarga yuborildi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi ma’lumotiga köra, kelgusi mavsum uçun nomzodlarni saralaş maqsadida britaniyalik operatorlar Özbekistonga kelişi rejalaştirilgan. FWA vakillari mavsumiy işçilarni yollaydigan operatorlar litsenziya talablariga rioya etişini nazorat qiliş mexanizmlari va xodimlarning murojaatlarini körib çiqiş tartibi haqida ma’lumot berdi.

Özbekiston tomoni Buyuk Britaniyada işlaşni rejalaştirayotgan fuqarolar uçun safar oldidan maxsus maşğulotlar taşkil etişni taklif etdi. Ularda Britaniya mehnat qonunçiligi, mehnat şartnomalari, iş va yaşaş şaroitlari tuşuntirilişi közda tutilgan. Tomonlar mehnat huquqlari buzilişining oldini oliş uçun tegişli mutaxassislar örtasida amaliy axborot almaşiş muhimligini ta’kidladi.

Özbekiston litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklarining fuqarolarni xorijda işga joylaştirişdagi iştirokini bosqiçma-bosqiç kengaytiriş rejalarini taqdim etdi. Britaniya vakillari mavsumiy işçilarni qaysi davlatlardan va qanday tartibda jalb etiş masalasini operatorlarning özi hal qilişini qayd etdi. Taklif etilgan hamkorlik mexanizmi esa qöşimça örganişni talab qiladi.

Videokonferensiyada hamkorlik memorandumining yangilangan loyihasi va uni imzolaşga tayyorgarlik ham körib çiqildi. Tomonlar yangilangan memorandumni imzolaşga tayyorgarlikning keyingi bosqiçlarini ham muhokama qildi.

Migratsiya agentligi ingliz tilini biladigan oliy ta’lim muassasalari bitiruvçilari, muhandislar va boşqa malakali mutaxassislarni Britaniya kompaniyalariga işga joylaştiriş imkoniyatlarini ham örganişni taklif qildi. Britaniya tomoni uşbu taklifni tegişli idoralarga yetkaziş va keyingi maslahatlaşuvlarni muvofiqlaştirişga tayyorligini bildirdi. Şu tariqa, muloqot mavsumiy bandlik bilan birga özbekistonlik malakali kadrlar uçun kengroq imkoniyatlarni ham qamrab oldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing