| Siyosat

Oʻzbekiston va Iordaniya munosabatlari yangi bosqichga koʻtariladi

Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn Ammon shahridagi “Al-Husayniya” saroyida kengaytirilgan tarkibda muzokara oʻtkazdilar.

Saidov Ömon va Eron tashqi işler vazirlari bilan uç tomonlama uçraşuv ötkazdi

Siyosat

Özbekiston taşqi işler vaziri Baxtiyor Saidov Maskatda Ummon va Eron taşqi işler vazirlari bilan uç tomonlama uçraşuv ötkazdi. Muzokaralarda savdo-iqtisodiy va transport-logistika aloqalarini rivojlantiriş, şuningdek, mintaqadagi vaziyat muhokama qilindi.

Eron Samarqand haqidagi postlarni izohladi: «Ular AQŞga qaratilgan edi»

Siyosat

Eron TIV vakili Ismoil Baqoi Eron elçixonalarining Samarqand haqidagi postlari Özbekistonga emas, AQŞga qaratilganini aytdi. Uning izohi 26-oktabr kuni, Taşkent Eron elçisini çaqirib, şaharning madaniy merosiga oid postlar yuzasidan norozilik notasini topşirganidan uç kun ö‘tib yangradi.

Lula da Silva Braziliya prezidenti etib qayta saylandi

Siyosat

Luis Inasiu Lula da Silva Braziliya prezidenti etib qayta saylandi. U saylovlarning ikkinchi turida senator Flaviu Bolsonaro ustidan g‘alaba qozondi. Mamlakat Oliy saylov sudi ovozlarni sanash yakuniga ko‘ra amaldagi davlat rahbarining g‘alabasini tasdiqladi.

Oʻzbekistonning Qirgʻiziston bilan hamkorligiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi

Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “C5+1” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelgan Qirgʻiz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qildi.

MDH: «Avaza»da ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi va qator qarorlar imzolandi

Siyosat

2026-yil 7-oktabr kuni Turkmanistonning «Avaza» milliy turistik zonasida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar, MDH doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi va qator hujjatlar imzolandi.

Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishni istaydi, dedi AQSh maxsus vakili

Siyosat

AQSh Prezidenti Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishni istaydi. Bu haqda AQSh prezidentining global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika rahbari unga O‘zbekistonga borish istagi borligini shaxsan aytgan, biroq tashrifning aniq muddati hozircha belgilanmagan.

XDI Germaniya kansleri lavozimida Merzning ehtimoliy almashtirilishini muhokama qilmoqda

Siyosat

Germaniyada kansler Fridrix Merzga Xristian-demokratik ittifoq (XDI) ichidagi bosim kuchaymoqda. Bu holat Berlin va Meklenburg — G‘arbiy Pomeraniyada bo‘lib o‘tadigan federal yer saylovlari arafasida yuz bermoqda. Politico ma’lumotiga ko‘ra, hukumatga bo‘lgan qo‘llovning pasayishi fonida XDI ichida kanslerni almashtirish ssenariysi ham muhokama qilinmoqda.

Orban Peter Magyar hukumatiga qarshi siyosiy kurashga qaytishini ma’lum qildi

Siyosat

Vengriyaning sobiq bosh vaziri Viktor Orban mamlakatning Peter Magyar boshchiligidagi yangi hukumatiga qarshi faol siyosiy kurashga qaytishini ma’lum qildi. Ketchada siyosiy mavsum ochilishi munosabati bilan so‘zlagan nutqida u o‘z tarafdorlarining sabr davri yakunlanganini aytdi.

Oʻzbekiston va Serbiya oʻrtasida strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatildi

Siyosat

Belgrad shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisida qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.

Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni Makka mudofaa alyansini tuzdi

Siyosat

Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni 2026-yil 7-avgust kuni Makkada qo‘shma mudofaa to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Hujjat jamoaviy javob tamoyilini nazarda tutadi: uch davlatdan biriga uyushtirilgan qurolli hujum qolgan davlatlarga ham hujum sifatida baholanadi.

Armaniston YeIga ariza berishga tayyorlanmoqda va temir yo‘llar boshqaruvini qayta ko‘rib chiqishni talab qilmoqda

Siyosat

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Yerevan yaqin besh yil ichida Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) faol ishtirokni qayta tiklashni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, hukumat Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza berish jarayonini boshlash va mamlakat temir yo‘llarini boshqarish shaklini o‘zgartirish masalasini ilgari surmoqda.

O‘zbekiston va Shveytsariya yangi qo‘shma loyihalar va sanoat kooperatsiyasini muhokama qildi

Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveytsariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Simone Petra Gigerning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Simone Petra Giger Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan bo‘lib, uning qarorgohi Toshkentda joylashadi.

Argentinaning yangi elchisi O‘zbekiston TIVga ishonch yorliqlarini topshirdi

Siyosat

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonga yangi tayinlangan Argentina Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Enrike Ignasio Ferrera Vieyraning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va siyosiy muloqotni faollashtirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

O‘zbekiston Malayziya va Pokiston bilan diplomatik aloqalarni mustahkamlamoqda

Siyosat

O‘zbekiston Osiyo davlatlari bilan siyosiy muloqot va iqtisodiy hamkorlikni izchil kengaytirishda davom etmoqda. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziya va Pokistonning yangi elchilaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Endi Byornem Buyuk Britaniya hukumatiga rahbar bo‘ldi

Siyosat

Buyuk Britaniyada hukumat rahbari almashdi. Leyboristlar partiyasi yetakchisi Endi Byornem qirol Charlz III tomonidan hukumat tuzish vakolatini olib, rasman bosh vazir lavozimiga kirishdi. Hokimiyat almashinuvi umumxalq saylovlarisiz amalga oshirildi, chunki Leyboristlar partiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni saqlab qoldi.