Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni Makka mudofaa alyansini tuzdi
Siyosat
Turkiya, Pokiston va Saudiya Arabistoni 2026-yil 7-avgust kuni Makkada qo‘shma mudofaa to‘g‘risidagi kelishuvni imzoladi. Hujjat jamoaviy javob tamoyilini nazarda tutadi: uch davlatdan biriga uyushtirilgan qurolli hujum qolgan davlatlarga ham hujum sifatida baholanadi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan kelishuvni tarixiy qadam deb atab, u mintaqaviy mas’uliyat va xavfsizlikni ta’minlashda birgalikdagi sa’y-harakatlarga asoslangan yondashuvni aks ettirishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada xavfsizlik va hamkorlikning yangi arxitekturasini shakllantirish hamda uni amalda sinovdan o‘tkazish jarayoni boshlanmoqda.
Alyansni institutsional jihatdan shakllantirish doirasida Istanbulda uch davlat tashqi ishlar va mudofaa vazirlari hamda bosh shtab rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Tomonlar Siyosiy va mudofaa masalalari bo‘yicha strategik qo‘mita tuzishga kelishdi. Alyansning doimiy kotibiyati Ar-Riyodda faoliyat yuritadi, uning birinchi bosh kotibi Pokiston vakili bo‘ladi.
Uchrashuvda qurolli kuchlarning o‘zaro mosligi, harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish, terrorizmga qarshi kurashni muvofiqlashtirish, qurol-yarog‘ ishlab chiqarish, tadqiqot va ishlanmalar masalalari muhokama qilindi. Hozircha aniq loyihalar e’lon qilinmagan. Hamkorlikning ehtimoliy yo‘nalishlari qatorida havo hujumidan mudofaa, uchuvchisiz tizimlar, o‘q-dorilar, himoyalangan aloqa va dengiz kuzatuvi ko‘rib chiqilmoqda.
Alyans mintaqadagi boshqa davlatlar uchun ham ochiq ekani bildirilgan. Fidan avvalo mustahkam institutsional asos, a’zolik mezonlari va tartib-taomillarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi. Misr, Bangladesh va Suriya ehtimoliy ishtirokchilar sifatida muhokama qilinmoqda. Eron ham kelishuvga qo‘shilish uchun taklif olgan.
Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Xolid bin Salmon tomonlar Makka kelishuvi yo‘nalishlarini faollashtirish, integratsiyani kuchaytirish va umumiy tahdidlarga birgalikda javob berishga tayyorligini tasdiqlaganini ma’lum qildi.
Shu bilan birga, alyans hozircha doimiy apparatini shakllantirish bosqichida va jamoaviy mudofaa bo‘yicha asosiy majburiyatni qo‘llash tartiblarini ochiq e’lon qilmagan.

Powered by Froala Editor