Guterriş davlatlarni bir yil içida sun’iy intellekt xavflarini boşqarış tizimini yaratışga çaqirdi

Dunyo

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterriş davlatlarni bir yil içida sun’iy intellekt xavflarini boşqarış bo‘yiça global, köp tomonlama tizimni işlab çiqişga çaqirdi. Taklif texnologiya xavfsizligining umumiy tamoyillari va mustaqil nazorat mexanizmini nazarda tutadi.

Guterriş davlatlarni bir yil içida sun’iy intellekt xavflarini boşqarış tizimini yaratışga çaqirdi
U bu murojaat bilan 23-noyabr kuni Barbados poytaxti Bridjtaun,da ötkazilgan sun’iy intellekt xavfsizligiga bağişlangan sammitda çiqiş qildi. Guterriş davlatlarni sa’y-harakatlarni muvofiqlaştirişga, inklyuziv va umumiy tamoyillarga asoslangan, işonçli va mustaqil nazorat bilan mustahkamlangan doira yaratışga çaqirdi. Bu çaqiriq BMT va Barbados hukumati tayyorlagan sammit yakuniy hujjatida aks etdi.

Bosh kotib fikriça, dastlab, mamlakatlar umumiy xavfsizlik çoralarini, tizimlarni sinovdan ötkazış yondaşuvlarini va mustaqil baholaşning asosiy talablarini kelişib olişi mumkin. Guterriş davlatlarning sun’iy intellektni baholaş va tartibga soliş imkoniyatlari teng emasligini ta’kidlab, xalqaro qoidalar barça mamlakatlar manfaatlarini hisobga olişi zarurligini bildirdi.

Muhokamalar AQŞ va Xitoyning sun’iy intellekt tadqiqotlari va işlanmalarida yetakçilik uçun raqobati kuçaygan davrda ötkazilmoqda. Nvidia rahbari Jensen Huang va Meta rahbari Mark Sukerberg esa sun’iy intellektni jadal rivojlantiriş tarafdori.

Soha juda tez rivojlanayotgan AQŞda federal regulyatorlar hozirça keskin aralaşişga tayyor ekanini körsatmayapti. Sentabr oyida Prezident Donald Tramp Amerika texnologiya kompaniyalari rahbarlari bilan uçraşib, ular sun’iy intellekt xavfsizligi bo‘yiça ixtiyoriy qoidalar majmuasiga rioya etişga rozi bölgan edi.

Bridjtaun sammitida Guterriş global boşqaruvning köp institutlari hanuz 1945-yil voqeligini aks ettirişini aytdi. Uning fikriça, BMT, xalqaro moliyaviy tizim va jahon savdo tizimi bugungi şaroitga moslaştirilişi kerak.

Vakolat muddati dekabr oyi oxirida yakunlanadigan Guterriş bu masalani hali saylanmagan vorisiga tavsiya qilişini bildirdi. Uning asosiy maqsadi — insoniyat sun’iy intellekt ustidan nazoratni saqlab qolişidir. Xavfsizlik çoralari ham texnologik taraqqiyot bilan birga rivojlanişi lozim.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing