«Teledroid» roboti stansiyaning taşqi yuzasida işlaş uçun XKSga yöllandi
Texnologiya
«Progress MS-36» yuk kemasi «Teledroid» antropomorf roboti bilan Bayqönğirdan XKSga yöl oldi. Robot kosmonavtlarga stansiyaning taşqi yuzasida, jumladan xavfi yuqori operatsiyalarni bajarişda yordam beradi.
«Soyuz-2.1b» raketasi 2026-yil 24-noyabr kuni Bayqönğir kosmodromining 31-maydonçasidan uçirildi. Kema belgilangan orbitaga çiqdi, raketaning uçinçi bosqiçidan ajraldi va quyoş panellari hamda antennalarini oçdi.
«Progress MS-36» stansiyaga qariyb 2,5 tonna yuk yetkazadi. Ular orasida stansiyani yonilği bilan töldiriş uçun 750 kg yoqilği, 420 kg içimlik suvi, 51 kg kislorod, 261 kg oziq-ovqat, 41 kg dori-darmon va 247 kg sanitariya-gigiyena uskunalari bor. Yana 657 kg yuk stansiya faoliyati va ilmiy tajribalar uçun jihozlar hamda sarf materiallaridan iborat. Ekipaj uçun şaxsiy jönatmalar ham bor.
Yuk tarkibida «Teledroid», «Aseptik», «Kaskad», «Orbita-MG» va «Vyzov» nomli beşta tajriba uçun apparatura mavjud. Robot «Android texnika» tomonidan işlab çiqilgan. U ikki manipulyator, taşqi kameralar va maşinaviy köriş tizimi bilan jihozlangan, 30 ta harakat darajasiga ega. Uni operator harakatlarini takrorlaydigan ekzoskelet orqali boşqariş yoki ayrim vazifalarni avtonom tizimga topşiriş mumkin.
«Teledroid» vakuum, radiatsiya va haroratning keskin özgarişlariga moslaştirilgan standart kosmik asboblar bilan işlaydi. Kelajakda u kosmonavtlar oçiq kosmosga çiqişidan oldin iş joylarini tayyorlaşi, himoya panellarini oçişi va uskunalarni örnatişi mumkin. Modulli tuzilişi orbitada ta’mirlaş imkonini beradi.
Sinovlar uç bosqiçda ötadi: virtual modelni boşqariş, stansiya içida manipulyatsiyalarni tekşiriş va maxsus iş stoli hamda videokuzatuv yordamida taşqi yuzada işlaş. Robot elektr ulagiçlari, karabinlar, asboblar va xavfsizlik arqonlari bilan işlaşni maşq qiladi.
Tayyorgarlik avval boşlangan. 2026-yil sentabrida «Progress MS-35» stansiyaga hisoblaş majmuasiga ega iş joyini yetkazdi. Kosmonavtlar Pyotr Dubrov va Anna Kikina virtual modelda dastlabki maşğulotlarni ötkazdi. Sinovlardan söng «Teledroid» stansiyaning köp funksiyali laboratoriya moduliga joylaştiriladi.

Powered by Froala Editor