O‘zbekiston diplomatik darajada mintaqaviy va strategik hamkorlikni mustahkamlamoqda

Siyosat

O‘zbekiston mintaqa davlatlari va strategik hamkorlari bilan diplomatik muloqotni izchil kengaytirmoqda. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Qirg‘iziston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari bilan alohida uchrashuvlarida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston diplomatik darajada mintaqaviy va strategik hamkorlikni mustahkamlamoqda
Cho‘lponotada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari yangi bosqichga chiqayotganini qayd etdi. Tomonlar BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turk davlatlari tashkiloti, Qo‘shilmaslik harakati hamda boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini tasdiqladi. Shuningdek, bo‘lajak tashriflar va qo‘shma tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.

23 iyul kuni Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a'zosi, Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van I bilan ham uchrashdi. Muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va yuqori texnologiyalar sohasidagi hamkorlik, shuningdek, iqtisodiy diplomatiya samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar BMT, Shanxay hamkorlik tashkiloti, "Markaziy Osiyo — Xitoy" formati va boshqa ko‘p tomonlama mexanizmlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashib, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har qanday sharoitdagi keng qamrovli strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanini tasdiqladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing