Oʻzbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-sentabr kuni Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oʻzbekiston Prezidenti Armaniston Bosh vaziri bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Oʻzbekiston – Armaniston munosabatlarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shu maʼnoda, sanoat kooperatsiyasi boʻyicha yangi qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish dolzarb ekani alohida qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz mintaqalarini bogʻlaydigan logistika va transport yoʻlaklarini rivojlantirish orqali oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash muhimligini taʼkidladi.

Prezidentimiz mintaqaviy barqarorlik va izchil taraqqiyot uchun mustahkam asos boʻladigan Tinchlik shartnomasini tez fursatda imzolash borasidagi saʼy-harakatlarni yuksak baholadi.

Ikki va koʻp tomonlama, shu jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi doirasidagi tadbirlar rejasi ham koʻrib chiqildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing