Buxoro biennalesi ikkinçi mavsum mavzusini e’lon qildi — «Asrlar oşa mehmondöstlik»

O'zbekiston

Buxoro biennalesi ikkinçi mavsumining «Asrlar oşa davom etgan mehmondöstlik» (The Long Welcome) mavzusini e’lon qildi. Loyiha şahar tarixini madaniyatlar uçraşuvi orqali yoritadi, dastur esa xalqaro sanatkorlar, mahalliy ustalar va jamoalarni birlaştiradi.

Buxoro biennalesi ikkinçi mavsum mavzusini e’lon qildi — «Asrlar oşa mehmondöstlik»
Buxoro qiyofasi köp jihatdan Buyuk ipak yöli orqali kelib, şaharda muqim qolgan insonlar ta’sirida şakllangan. Savdogarlar, olimlar va hunarmandlar şahar me’morçiligi, hunarmandçiligi hamda an’analarida iz qoldirgan. Ana şu tarixiy oçiq­lik yangi biennalenining asosiy mazmuniga aylanadi.

Buxoro biennalesi Gayane Umerova tashabbusi bilan Özbekiston Madaniyat va sanatni rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan taşkil etiladi. Ikkinçi mavsumda mehmondöstlik nafaqat markaziy mavzu, balki ijodiy hamkorlik tamoyili sifatida ham namoyon bö­ladi. Özbekiston va boshqa mamlakatlardan kelgan sanatkorlar mahalliy ustalar hamda jamoalar bilan birgalikda yangi loyihalar yaratadi.

Badiiy rahbarlik WHY Architecture arxitektura byurosi asosçisi Kulapat Yantrasast zimmasida. Ushbu yondaşuv xalqaro ijodkorlarning mahalliy bilim va hunarmandçilik tajribasi egalari bilan hamkorligini nazarda tutadi. Yaratiladigan ayrim asarlar Buxoroda qolib, şahar muhitining bir qismiga aylanadi va biennale yakunlanganidan keyin ham mehmondöstlik an’anasini davom ettiradi.

Dastlab e’lon qilingan iştirokçilar orasida Anish Kapoor, Ku Jeong A, Sevara Haydarova Donazzan, Susan Philipsz, Nigina Mirzajanova, Precious Okoyomon, Joseph Arzumanyan, Oscar Tuazon, Maksim Vardanyan, Daima Rakhmanbekova va Bethan Laura Wood bor. Keyingi iştirokçilar nomlari 2027-yilda e’lon qilinadi.

Buxoro biennalesining ikkinçi mavsumi 2027-yil 3-sentabrdan 21-noyabrgacha ötkaziladi. Uning mavzusi şahar tarixini zamonaviy sanat va xalqaro mualliflar bilan mahalliy jamoalarning hamkorligi bilan bog‘laydi.

Taşkilotçilar şaharni ko‘rgazma joyi emas, ijodiy jarayonning iştirokçisi sifatida köradi. Mahalliy jamoalar bilan aloqa sanatkorlarga Buxoro tarixi va hunarmandçilik bilimlariga tayanish imkonini beradi. Biennale jahon badiiy muloqotni şaharning madaniy muhiti bilan ham bog‘laydi ham.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing