Ziroat Mirziyoyeva İordaniyada hunarmandçilik markazi va tarixiy qadamjoni ziyorat qildi

Dunyo

Özbekiston Birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Ammanda İordaniya Qiroliçasi Raniya al-Abdulla bilan birga Jordan River Designs art-şourumiga, şuningdek, Miriam Gazi prinsessasi hamrohligida «Yetti uyquçi mağarasi» tarixiy-diniy majmuasiga bordi. Taşriflar Prezident Şavkat Mirziyoyevning İordaniyaga davlat taşrifi doirasida amalga oşirildi.

Ziroat Mirziyoyeva İordaniyada hunarmandçilik markazi va tarixiy qadamjoni ziyorat qildi
Jordan River Foundation fondi qöllab-quvvatlaydigan şourumda ijtimoiy jihatdan zaif qatlamlarga mansub ayol hunarmandlar yaratgan qöl mehnati mahsulotlari namoyiş etiladi. Jordan River Designs dasturi milliy hunarmandçilik an’analarini asraşni ayollarni barqaror iş bilan ta’minlaş va ularning oilalari farovonligini oşiriş bilan uyğunlaştiradi.

Dastur har yili 800 nafardan ortiq mahalliy hunarmand ayolni iş bilan ta’minlaydi. Ular İordaniyaning boy madaniy merosini aks ettiruvçi an’anaviy va zamonaviy buyumlar, jumladan, naqşli interyer jihozlari, gilamlar, moda aksessuarlari va suvenirlar tayyorlaydi. Taşrif davomida Ziroat Mirziyoyeva ekspozitsiya bilan tanişdi. U bunday yondaşuv kambağallikni qisqartiriş, ayollar tadbirkorligini rivojlantiriş, milliy hunarmandçilikni asraş va mahoratni yoş avlodga yetkazişda muhimligini ta’kidladi.

Dastur doirasida Ziroat Mirziyoyeva Amman yaqinida joylaşgan «Yetti uyquçi mağarasi» — Aşob al-Kahf majmuasiga ham bordi. U diniy ta’qiblardan qoçib mağaraga panoh topgan va rivoyatga köra, u yerda bir neça asr uxlab qolgan yigitlar haqidagi qadimiy rivoyat bilan bağliq.

Majmua İordaniyaning e’zozlanadigan tarixiy-diniy obidalaridan biri bölib, islom ma’naviy merosida alohida örin tutadi. U turli mamlakatlardan ziyoratçilar va sayyohlarni jalb qiladi.

Madaniy va diniy maskanlarga taşriflar davlat taşrifi dasturini mazmunan boyitdi. Ular gumanitar aloqalar, ayollar taşabbuslari hamda umumiy tarixiy-madaniy merosga e’tiborni namoyon etdi. Jordan River Designs faoliyati bilan tanişiş esa hunarmand ayollarni qöllab-quvvatlaş va an’anaviy mahoratni saqlaş tajribasini körsatdi.

Mehmonlar kaşta tikiş va töqiş jarayonlarini tomoşa qildi, usta ayollar bilan yuzma-yuz suhbatlaşdi. Bu meros asrab kelinadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing