Ozarbayjon va Germaniya ikki tomonlama hamkorlikni strategik bosqichga olib chiqdi
Siyosat
Ozarbayjon va Germaniya ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida navbatdagi muhim qadamni tashladi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi davomida tomonlar energetika, iqtisodiyot, transport va mintaqaviy barqarorlik sohalaridagi hamkorlikni strategik bosqichga olib chiqishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Tashrif doirasida Prezident Ilhom Aliyev Villa Borsig qarorgohida Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan avval yakkama-yakka, so‘ng kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o‘tkazdi. Muzokaralar oldidan Ozarbayjon Prezidenti Faxriy mehmonlar kitobiga dastxat qoldirdi.
Germaniya Prezidenti ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etib, Ozarbayjon va Germaniyani bugungi murakkab xalqaro vaziyatda “barqarorlik orollari” deb atadi. Shuningdek, u Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik jarayonida erishilgan yutuqlarni olqishladi hamda Ozarbayjonning Yevropa energetika xavfsizligidagi muhim rolini alohida ta’kidladi.
Ilhom Aliyev esa Ozarbayjon tabiiy gazni Germaniya va Avstriyaga eksport qilayotganini bildirib, energetika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini qayd etdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari, O‘rta yo‘lakning ahamiyati hamda Yaqin Sharqdagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdilar.
Shuningdek, Ilhom Aliyev Germaniya Federal kansleri Fridrix Mers bilan avval yakkama-yakka, keyin esa delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar yakunida Ilhom Aliyev va Fridrix Mers **«Ozarbayjon Respublikasi va Germaniya Federativ Respublikasi o‘rtasidagi ikki tomonlama sheriklikning strategik kun tartibi to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya»**ni imzoladilar. Bundan tashqari, Ozarbayjon–Germaniya Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish va uning faoliyati to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya ham imzolandi.

Powered by Froala Editor