Putin va Tramp Uitkoff va Kushnerning Moskva va Kiyev safarlari yakunlarini muhokama qildi
Siyosat
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va AQSh Prezidenti Donald Tramp telefon orqali suhbatlashib, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kushnerning Moskva va Kiyevga safarlari yakunlarini muhokama qildi. Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakovning aytishicha, suhbat roppa-rosa bir soat davom etgan va konstruktiv hamda juda ochiq ruhda o‘tgan.
Ushakov prezidentlar 5–6-sentabr kunlari AQSh vakillarining amalga oshirgan tashriflari yakunlari yuzasidan fikr almashganini ma’lum qildi. Ularning safarlari natijalari «ijobiy» baholangan va ushbu kanal orqali ishlar davom ettiriladi.
Suhbatda asosiy e’tibor Ukraina bo‘yicha kelishuv masalalariga qaratildi. Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Tramp mojaroni imkon qadar tezroq to‘xtatish tarafdori ekanini bildirgan. Uning fikricha, bu AQSh va Rossiya munosabatlarini, jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalarni to‘liq tiklash uchun keng imkoniyatlar yaratgan bo‘lardi. Tramp o‘z prezidentligi davrida yutuqqa erishishdan manfaatdor.
Putin bu yondashuvni ikki davlat o‘rtasida konstruktiv sheriklikni yo‘lga qo‘yish mumkinligi nuqtayi nazaridan qo‘llab-quvvatladi va Ukraina mojarosini hal etish yo‘llarini izlashdagi AQSh hamda shaxsan Trampning vositachilik sa’y-harakatlarini ijobiy baholadi.
Rossiya prezidenti, shuningdek, maxsus harbiy operatsiya doirasida yuz berayotgan voqealar va frontdagi vaziyat rivoji istiqbollari bo‘yicha «obyektiv va batafsil tahlil» taqdim etdi. Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlarni tezroq yakunlash uchun AQSh tomoni amalda nimalar qilishi mumkinligi ham qayd etilgan.
Suhbat davomida Putin Rossiyaning «Yevropaga nisbatan hech qanday tajovuzkor rejalari yo‘qligini» bildirdi. Prezidentlar, shuningdek, ushlangan va sudlangan shaxslarni almashish kabi gumanitar masalalar bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldi. Putin AQShning birinchi xonimi Melaniya Trampning rossiyalik va ukrainalik bolalarni o‘z oilalariga qaytarish borasidagi sa’y-harakatlarini qayd etdi.
Umuman, suhbat «ijobiy ruhda» o‘tdi. Putin va Tramp aloqada bo‘lib turishga va zarurat tug‘ilganda tezkor telefon orqali bog‘lanishga kelishib oldi.

Powered by Froala Editor