Yevropada iş taşlaşlar va yoşlar namoyişlari 25 dan ortiq mamlakatni qamrab oldi
Dunyo
Yevropa mehnat jamoalari va yoshlarning norozilik namoyishlariga sahna bo‘ldi. 20 noyabr kuni 25 dan ortiq mamlakatda muvofiqlashtirilgan talabalar aksiyalari o‘tkazildi, Italiyada esa davlat va xususiy sektor xodimlarining umumiy ish tashlashi ommaviy yurishlar bilan kechdi.
50 dan ortiq yoshlar tashkilotini birlashtirgan International Youth Strike koalitsiyasi namoyishchilarni «Kelajagimiz uchun kurashing, ularning urushlari uchun emas!» shiori ostida birlashishga chaqirdi. Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, aksiyalar 400 ga yaqin shaharni qamrab oldi. Yoshlar harbiy xarajatlarni kamaytirish, majburiy xizmatdan voz kechish hamda ta’lim, tibbiyot, uy-joy va iqlimga ko‘proq mablag‘ ajratishni talab qilmoqda.
Italiyada 20 noyabr kungi ish tashlashni mamlakatning eng yirik kasaba uyushmalari konfederatsiyasi CGIL e’lon qildi. Uning rahbari Mauritsio Landinining bahosicha, 100 dan ortiq shaharda bir milliondan ziyod kishi namoyishlarga chiqqan; Ichki ishlar vazirligining bahosi e’lon qilinmagan. Namoyishchilar maoshlarni oshirish, tibbiyot, ta’lim va boshqa jamoat xizmatlariga xarajatlarni ko‘paytirishni talab qildi. Rimda ish tashlash jamoat transportiga ta’sir ko‘rsatdi: ATAC ma’lumotiga ko‘ra, tarmoq faoliyati cheklangan, qatnov esa kafolatlangan vaqtlarda ta’minlangan. Aviatsiya va temiryo‘l asosiy aksiyaga kirmadi; temiryo‘lchilarning ish tashlashi 20 noyabr kechqurun boshlanib, 21 noyabr ham davom etdi.
Ispaniyada Madridda minglab kishi davlat ta’lim tizimini moliyalashtirishni ko‘paytirish talabi bilan yurish o‘tkazdi. Germaniyada o‘quvchilar 100 dan ortiq shaharda ijtimoiy xarajatlarning qisqartirilishi, harbiy byudjetning o‘sishi va yangi harbiy xizmat qonuniga qarshi namoyishga chiqdi. Tashkilotchilar maktab ish tashlashlarida 50 mingdan ortiq kishi qatnashganini bildirdi.
Litvada 16 noyabrdan beri ta’lim xodimlarining muddatsiz ish tashlashi davom etmoqda. Kasaba uyushmasi ma’lumotiga ko‘ra, unga 220 ta ta’lim muassasasidan to‘rt mingga yaqin pedagog qo‘shilgan.
Milliy talablar turlicha bo‘lsa-da, namoyishchilar umumiy maqsadni ilgari surmoqda: harbiy xarajatlarni yanada oshirish o‘rniga ijtimoiy sohalarga sarmoya kiritish va yoshlar kelajagini kafolatlash.

Powered by Froala Editor