O‘zbekiston va Germaniya parlamentlararo hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi
Siyosat
O‘zbekiston va Germaniya parlamentlararo aloqalarni, savdo-iqtisodiy hamkorlikni hamda ijtimoiy sohadagi sheriklikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Berlin shahrida Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasining Germaniya parlamenti vakillari, jumladan, Bundestag Raisi o‘rinbosari Jozefina Ortleb bilan uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Bundestagning “Germaniya — Markaziy Osiyo” parlamentlararo hamkorlik guruhi vakillari bilan ham muloqot qildi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Germaniya parlamenti vakillari O‘zbekistonning ortib borayotgan iqtisodiy salohiyati, investitsiyalar hajmining kengayishi va nemis kompaniyalari faoliyatining rivojlanishini yuqori baholadi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi jadal o‘sayotgani ham qayd etildi.
Tomonlar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish, suv resurslarini boshqarish, ta’limni rivojlantirish va malakali kadrlar tayyorlash sohalaridagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Parlament assambleyasi doirasidagi muloqotni faollashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuvlar yakunida 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan parlamentlararo hamkorlik yo‘l xaritasini ishlab chiqish rejalashtirildi. Shuningdek, kelgusi yili Germaniya Bundestagi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish va tashrif doirasida Orolbo‘yi hududidagi ekologik vaziyat bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
Sodiq Safoyev va Jozefina Ortleb uchrashuvida hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, ijtimoiy sohada tajriba almashish hamda parlament diplomatiyasini mustahkamlash masalalari ham muhokama qilindi. Ortleb O‘zbekiston va Germaniya munosabatlari izchil rivojlanayotganini qayd etib, siyosiy muloqotni mustahkamlash va xalqaro muammolarga yechim topishda parlamentlararo aloqalarning ahamiyatini ta’kidladi.
Tomonlar gender tengligini ta’minlash, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va ularning davlat hamda jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish masalalarini ham ko‘rib chiqdi. Sog‘liqni saqlash sohasida tibbiy xizmatlar sifati va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, ilg‘or tajribani o‘rganish hamda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuvlar yakunida parlamentlarning tegishli qo‘mitalari o‘rtasida bevosita aloqalarni rivojlantirish va o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga tayyorlik bildirildi.

Powered by Froala Editor