Si Szinpin Yaqin Sharqda yangi xavfsizlik arxitekturasini taklif qildi
Siyosat
Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Misrga davlat tashrifi chog‘ida Yaqin Sharqda yangi xavfsizlik arxitekturasini shakllantirishni taklif qildi. Uning ta’kidlashicha, mintaqa davlatlari «o‘z taqdirining egasi» bo‘lishi, hamkorlik esa mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kerak.
Xitoy rahbari yangi xavfsizlik arxitekturasida bir tomonlama iqtisodiy sanksiyalarga o‘rin bo‘lmasligi va dengizlarda erkin qatnov ta’minlanishi kerakligini bildirdi. Si Pekin mintaqa davlatlari bilan birgalikda dengiz qatnovi erkinligini ta’minlashga tayyorligini aytdi. Biroq bu tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha aniq qadamlar e’lon qilinmadi.
Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan muzokaralar davomida tomonlar terrorizmga qarshi kurash, ma’lumotlar markazlarini tashkil etish, yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish va noyob metallar yetkazib berish sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldi. Imzolangan deklaratsiyaga ko‘ra, Xitoy va Misr savdoda dollardan ko‘ra o‘z milliy valyutalaridan kengroq foydalanishni ham rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, Qohira xalqaro aloqalarini diversifikatsiya qilish va faqat bir davlatga tayanmasdan muvozanat siyosatini yuritishga intilmoqda. Misr har yili AQShdan qariyb 1,3 milliard dollar miqdorida harbiy yordam oladi, biroq so‘nggi yillarda Xitoy bilan hamkorlikni izchil kengaytirmoqda.
Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar ham rivojlanmoqda. Xususan, Suvaysh kanali sanoat zonasidagi Xitoy sanoat parkini kengaytirish rejalashtirilgan. Xitoyning ZC Rubber Group kompaniyasi avtomobil shinalari ishlab chiqaradigan zavod qurilishiga 500 million dollar investitsiya kiritadi.
Yaqinlashuv harbiy hamkorlikda ham namoyon bo‘ldi: avgust oyida Xitoyning J-16 qiruvchi samolyotlari va Fransiyada ishlab chiqarilgan Rafale qiruvchilari ishtirokida qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Si Szinpin tashrifi tarixiy va madaniy aloqalarga ham urg‘u berilishi bilan ajralib turdi. Xitoy raisi va uning rafiqasi Pen Liyuan Abdulfattoh as-Sisi va uning rafiqasi hamrohligida Katta Misr muzeyiga tashrif buyurdi. Si ikki davlatning qadimiy merosini ta’kidlab, sivilizatsiyalar o‘rtasida muloqot, o‘zaro o‘rganish va inklyuziv hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi.
Mintaqadagi o‘zgarishlar fonida Xitoy va Misr iqtisodiyot, xavfsizlik va gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda. Shu bilan birga, manbalarda qayd etilishicha, Pekin va Qohira hamkorlikni harbiy majburiyatlar bilan bog‘lamayapti.

Powered by Froala Editor