Saida Mirziyoyeva va Van I O‘zbekiston–Xitoy strategik sherikligini rivojlantirishni muhokama qildi
Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri, Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi va Tashqi ishlar bo‘yicha Markaziy komissiya devoni rahbari Van I bilan uchrashdi. Muzokaralar 26 avgust kuni Pekinda bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Muzokaralarda savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar va madaniy aloqalardagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.
Saida Mirziyoyeva ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik izchil rivojlanib, amaliy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochayotganini ta’kidladi. Ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli loyihalarni ilgari surish masalalari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Tomonlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan global masalalar bo‘yicha umumiy yondashuvlarni shakllantirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Xitoy tomoni ham O‘zbekiston bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyorligini bildirdi. Van I turli sohalarda hamkorlikni rivojlantirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi muvofiqlashtirishni kuchaytirish muhimligini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida Saida Mirziyoyeva Van Iga ochiq va mazmunli muloqot uchun minnatdorlik bildirdi.

Powered by Froala Editor