O‘zbekiston va Daniya siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida memorandum imzoladi
Siyosat
O‘zbekiston va Daniya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjat muntazam siyosiy muloqot, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish va ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun institutsional asos yaratadi.
Memorandum O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning 2-oktabr kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen bilan muzokaralari yakunida imzolandi.
Uchrashuvda Daniya O‘zbekistonning Yevropadagi istiqbolli hamkorlaridan biri ekani qayd etildi. Tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish va ilmiy almashinuvlarni kengaytirish kabi yo‘nalishlarni muhokama qildi.
Iqtisodiy hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Muzokaralarda investitsiyalarni jalb etish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va turli sohalarda Daniya kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Rasmussenning tashrifi doirasida O‘zbekiston va Daniya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida davra suhbati ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston tomonining ma’lumotiga ko‘ra, yangi memorandum ikki mamlakat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida muntazam maslahatlashuvlar o‘tkazish, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashish va o‘zaro manfaatli hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish imkonini beradi.
Shuningdek, 2-oktabr kuni Rasmussen O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Daniya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Tomonlar ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish va yangi qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Tashrif hamkorlikni aniq amaliy natijalar bilan boyitishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor