Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga davlat tashrifi ikki davlat strategik sherikligini mustahkamladi
Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishda muhim bosqich bo‘ldi. Oliy darajadagi muzokaralar, mamlakat rahbariyati va koreys biznesi vakillari bilan uchrashuvlar investitsiya, texnologiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlarni ochdi.
Tashrifning markaziy voqeasi Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan muzokaralar bo‘ldi. Tomonlar alohida strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishga tayyorligini tasdiqladilar. Savdo, investitsiyalar, muhim minerallar, transport, infratuzilma va yuqori texnologiyalar ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilandi.
Koreya Bosh vaziri Xan Son Suk va Milliy Assambleya Spikeri Cho Chon Sik bilan uchrashuvlarda hamkorlikning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va transport-logistika yo‘nalishlari muhokama qilindi. Innovatsion texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, kiberxavfsizlik, muhim minerallarni qayta ishlash va hududlararo aloqalarga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif dasturida Koreyaning yirik kompaniyalari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuvlar ham muhim o‘rin egalladi. O‘zbekiston–Koreya biznes forumida ikki mamlakat davlat idoralari va biznes doiralaridan 300 nafardan ortiq vakil qatnashdi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati qariyb $12 milliard bo‘lgan istiqbolli loyihalardan iborat investitsiya portfeli shakllantirildi. Shuningdek, Koreya Eksimbanki bilan $8 milliardlik yangi strategik sheriklik dasturi imzolandi. Dastur doirasida tezyurar poyezdlar yetkazib berish, Biоmarkaz tashkil etish, muhim minerallarni qayta ishlash va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar transport, aviatsiya, qishloq xo‘jaligi, turizm, sun’iy intellekt, ta’lim, tibbiyot, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va intellektual mulkni himoya qilish kabi sohalarda hamkorlikka oid hujjatlarni ham qabul qildilar.
16 sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev birinchi «Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi» sammitida ishtirok etdi. Shu tariqa tashrif ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibini birlashtirib, uzoq muddatli hamkorlik uchun yangi yo‘nalishlarni belgiladi.

Powered by Froala Editor