O‘zbekiston va Marokash parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi
Siyosat
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva va Marokash Parlamenti Maslahatchilar palatasi raisi Muhammad Uld ar-Rashid parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuv Parlamentlararo ittifoqning 153-Assambleyasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Tanzila Narbayeva Marokash O‘zbekistonning Shimoliy Afrikadagi muhim hamkorlaridan biri ekanini ta’kidladi. U ikki davlatni tarixiy, ma’naviy va madaniy yaqinlik, o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar bog‘lab turishini qayd etdi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda parlament diplomatiyasining rolini muhokama qildi. O‘zaro tashriflarni faollashtirish, parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyatini kengaytirish, qonunchilik va parlament nazorati sohasida tajriba almashish muhimligi ta’kidlandi.
Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga ham e’tibor qaratildi. Tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni rag‘batlantirish va ikki mamlakat xususiy sektorlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.
Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va energetika istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etildi. Shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish va turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Marokash Qirolligi Parlamenti Maslahatchilar palatasi o‘rtasida parlamentlararo hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Hujjat ikki davlat o‘rtasida tizimli va samarali parlamentlararo muloqotni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor