SHHT TIV rahbarlari Bishkek sammiti arafasida hujjatlar paketini imzoladi
Siyosat
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari navbatdagi Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishini o‘tkazib, bo‘lajak SHHT sammitiga tayyorgarlikni davom ettirdi. Muzokaralarda ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash hamda iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari asosiy o‘rin egalladi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchilik qildi. Tomonlar tashkilot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, savdo-iqtisodiy va transport-logistika hamkorligini rivojlantirish, shuningdek, barqaror rivojlanish va mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.
Yig‘ilish yakunida vazirlar bo‘lajak davlat rahbarlari sammitiga tayyorlangan bir qator hujjatlarni imzoladi.
Tadbir doirasida delegatsiyalar rahbarlari o‘zaro ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ramzi sifatida yaratilgan qo‘shma badiiy kompozitsiyani tayyorlash marosimida ham ishtirok etdi.
Baxtiyor Saidov Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev va tadbir tashkilotchilariga yuqori darajadagi tashkiliy ishlar hamda samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Powered by Froala Editor