Tramp Xitoyda Putin va Si Szinpin bilan uchrashishi mumkinligini bildirdi
Siyosat
AQSh prezidenti Donald Tramp kelasi oy Xitoyda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashishga tayyorligini bildirdi. Uning aytishicha, ehtimoliy muzokaralarning asosiy mavzusi yadroviy qurolsizlanish bo‘ladi, biroq Ukrainadagi urush ham muhokama qilinishi mumkin. Shu bilan birga, Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni yana tanqid qilib, Ukraina nomidan muzokara olib borish uchun boshqa vakil kerakligini aytdi.
Uchrashuv 18–19-noyabr kunlari Shenchjenda bo‘lib o‘tadigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammiti doirasida o‘tishi mumkin. Tramp uch tomonlama muzokaralar ehtimoli haqidagi xabarlarni tasdiqlab, asosiy maqsad yadroviy qurol masalasini muhokama qilish ekanini ta’kidladi. Ukraina haqidagi savolga javoban u urushni tugatish uchun “qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishini” bildirdi.
AQSh prezidenti Putin va Si bilan uchrashuvni, avvalo, Ukraina masalasi uchun o‘tkazmasligini aytdi. “Ochig‘ini aytsam, Rossiya Ukraina bilan munosabatlarda o‘zini odatdagidek tutmoqda. Ular deyarli hech narsa qilmayapti”, — dedi Tramp.
Kreml bunday uchrashuv ehtimoli tilga olinganini tasdiqladi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov uchrashuvning o‘zi yoki uning kun tartibi bo‘yicha hozircha aniq takliflar va kelishuvlar yo‘qligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Kiyev tomonidan mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyor vakil ishtirokisiz yakuniy kelishuvga erishib bo‘lmaydi.
Pekin esa ehtimoliy muzokaralar haqida ma’lumotga ega emasligini bildirdi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Nin tegishli ma’lumot yo‘qligini ma’lum qildi.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga Ukraina ishtirokisiz o‘tadigan uchrashuv g‘oyasini keskin tanqid qildi. Uning fikricha, uch tomonlama muzokaralar Putinni urushni davom ettirishga undashi mumkin. U ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb ham atadi.
Tramp esa Zelenskiyni tanqid qilishda davom etdi. Ukraina rahbarining pozitsiyasi haqidagi savolga javoban u: “Zelenskiy nima haqida gapirayotganini tushunmaydi. Ochig‘ini aytsam, Ukraina nomidan boshqa birov muzokara olib borishi vaqti keldi, deb o‘ylayman”, — dedi.
Putin avvalroq yakuniy tinchlik bitimi tayyor bo‘lmaguncha Zelenskiy bilan uchrashishni istisno qilgan edi. Rossiya tomoni harbiy holat sharoitida Zelenskiyning besh yillik vakolat muddati tugaganidan keyin bunday hujjatni imzolash vakolatini ham shubha ostiga olgan. Hozircha uch tomonlama uchrashuv kelishilgan tadbir emas, balki ehtimol sifatida qolmoqda.

Powered by Froala Editor