Qozog‘iston va Ummon sakkizta kelishuv imzolab, oliy davlat mukofotlari bilan almashdi
Siyosat
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev va Ummon Sultoni Haytsam bin Toriq Al Said ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi. Muzokaralar yakunida tomonlar Qo‘shma bayonot qabul qilib, hukumatlararo va idoralararo sakkizta hujjatni imzoladi.
Davlat rahbarlari ishtirokida investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish, havo qatnovi, shuningdek, «Samruk-Qazyna» AJ va Oman Investment Authority o‘rtasida qo‘shma investitsiya tuzilmasini tashkil etish bo‘yicha bitimlar imzolandi.
Yana bir kelishuv Blue City Rixos qo‘shma loyihasi doirasidagi asosiy shartlarni belgilaydi. Shuningdek, ikki davlat moliya vazirliklari o‘rtasida moliya sohasidagi hamkorlik memorandumi, «Atameken» Milliy tadbirkorlar palatasi va Ummon Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida Qozog‘iston-Ummon ishbilarmonlik kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim hamda «KazMunayGaz» AJ va OQ Exploration & Production o‘rtasida geologik qidiruv sohasidagi strategik hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Sakkizinchi hujjat Yevroosiyo taraqqiyot banki va Ummon hukumati o‘rtasida bankning Sultonlik hududida bo‘lish shartlari to‘g‘risidagi bitim bo‘ldi.
Ummon Sultoni Qozog‘iston bilan energetika va tog‘-kon sanoati, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi, transport va logistika, moliyaviy xizmatlar, turizm, texnologiyalar hamda sun’iy intellekt sohalarida hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligini ta’kidladi.
Haytsam bin Toriq Al Said transport aloqalariga alohida e’tibor qaratdi. Uning qayd etishicha, Qozog‘iston Osiyo va Yevropani bog‘lovchi asosiy savdo yo‘laklari bo‘ylab strategik mavqega ega, Ummon esa Fors ko‘rfazi, Hind okeani, Osiyo va Afrika bozorlariga dengiz orqali chiqish imkonini beradi. U Ummon portlari orqali savdo koridorini rivojlantirish va ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlarni kuchaytirish istiqbollarini qayd etdi.
Qosim-Jo‘mart Toqayev tashrifni tarixiy deb atab, bu Ummon Sultonining Qozog‘iston va Markaziy Osiyoga ilk davlat tashrifi ekanini ta’kidladi. Prezident neft-gaz, transport va logistika, raqamlashtirish, sun’iy intellekt va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlik salohiyatiga e’tibor qaratdi.
Tashrif doirasida Toqayev Haytsam bin Toriq Al Saidni ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun «Oltin Qyran» ordeni bilan taqdirladi. O‘z navbatida Ummon Sultoni Qozog‘iston Prezidentini Sultonlikning oliy davlat mukofoti — Al Said ordeni bilan mukofotladi. Haytsam bin Toriq Toqayevni o‘zi uchun qulay vaqtda Ummonga tashrif buyurishga taklif qildi.

Powered by Froala Editor