Baxtiyor Saidov Qozog‘iston va Eron tashqi ishlar vazirlari bilan muzokaralar o‘tkazdi
Siyosat
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shanxay hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari — tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayev hamda Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan alohida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.
Yermek Kosherbayev bilan muzokaralarda O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining yuqori darajasi qayd etildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, ikki tomonlama kun tartibi, SHHT doirasidagi hamkorlik hamda mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Abbos Aroqchi bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Savdo-iqtisodiy, transport-logistika va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar Yaqin Sharqdagi keskinlik yuzasidan jiddiy xavotir bildirib, vazminlikni saqlash va muloqotni qayta tiklash muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi yaqin hamkorlikni davom ettirishga tayyorlik tasdiqlandi.

Powered by Froala Editor