Argentinaning yangi elchisi O‘zbekiston TIVga ishonch yorliqlarini topshirdi

Siyosat

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistonga yangi tayinlangan Argentina Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Enrike Ignasio Ferrera Vieyraning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va siyosiy muloqotni faollashtirishga tayyor ekanini tasdiqladi.

Argentinaning yangi elchisi O‘zbekiston TIVga ishonch yorliqlarini topshirdi
Muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik salohiyatidan yanada samarali foydalanish, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi institutsional aloqalarni mustahkamlash hamda muntazam diplomatik muloqotni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Baxtiyor Saidov savdo-iqtisodiy hamkorlik O‘zbekiston va Argentina munosabatlarining asosiy tayanchlaridan biriga aylanishi lozimligini ta’kidladi. Uning fikricha, iqtisodiy aloqalarni kengaytirish ikki tomonlama sheriklikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Vazir Enrike Ignasio Ferrera Vieyraga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing