O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar
Siyosat
Bishkek shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 12 foizga oshdi.
Sanoat, energetika, metallurgiya, transport va iqtisodiyotning boshqa ustuvor tarmoqlarida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish davom etmoqda.
O‘zaro savdoning ijobiy dinamikasini saqlab qolish, sanoat kooperatsiyasi loyihalarini jadallashtirish, shuningdek, hududlararo aloqalarni faol davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni kelgusida ham kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Yetakchilar ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatlardagi bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qildilar.

Powered by Froala Editor