O‘zbekiston TIV rahbari Qozog‘iston elchisiga ittifoqchilik munosabatlariga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi
Siyosat
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatdagi diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Qozog‘istonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamqulovni hamda ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan Ozarbayjonning yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rashad Mammadovni qabul qildi.
Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Beybut Atamqulovning O‘zbekistondagi faoliyati ikki davlat munosabatlarining muhim davriga to‘g‘ri keldi. Aynan shu davrda, 2022-yil 22-dekabrda, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. O‘zbekiston tomoni diplomatga do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ittifoqchilik aloqalarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi. Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev uni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlagan edi.
Shuningdek, vazir Rashad Mammadovning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Tomonlar siyosiy muloqotni yuqori sur’atlarda davom ettirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, transport va logistika sohalaridagi qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. TIV yangi elchining diplomatik tajribasi O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdi.

Powered by Froala Editor