Oʻzbekistonning Qirgʻiziston bilan hamkorligiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi

Siyosat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “C5+1” formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga kelgan Qirgʻiz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayevni qabul qildi.

Oʻzbekistonning Qirgʻiziston bilan hamkorligiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi
Tashqi siyosat idorasi rahbari mamlakatimiz yetakchisiga Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Oʻzbekiston – Qirgʻiziston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Prezidentimizning joriy yil iyul oyida Qirgʻizistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tovar ayirboshlash hajmining ijobiy oʻsish surʼati, yetakchi korxonalar va hududlar oʻrtasidagi kooperatsiya aloqalari yoʻlga qoʻyilgani, energetika va transport sohalarida yirik mintaqaviy loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kelgusi yilga moʻljallangan madaniy-gumanitar tadbirlar va hududlar darajasidagi almashinuvlar rejasini qabul qilish muhimligi taʼkidlandi.

Tomonlar Markaziy Osiyo mintaqasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing