Ozarbayjon va Ukraina siyosiy hamda iqtisodiy muloqotni kengaytirmoqda
Siyosat
Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov rasmiy tashrif bilan Ukrainada bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga hamda boshqa yuqori martabali rasmiylar bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan. Muzokaralar kun tartibidan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mintaqaviy hamda xalqaro xavfsizlik masalalari o‘rin olgan.
Jeyhun Bayramovni Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy qabul qildi. Ukraina tomoni ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar oliy darajadagi diplomatik aloqalar, mudofaa sohasidagi hamkorlik, shuningdek energetika, neft-gaz tarmog‘i va qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi. Zelenskiy Ozarbayjonga Ukrainaga ko‘rsatayotgan energetik va gumanitar yordami hamda konstruktiv muloqoti uchun minnatdorlik bildirdi.
Bayramov, shuningdek, Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga bilan muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvdan avval ikki vazir halok bo‘lgan Ukraina himoyachilari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik poyiga gulchambar qo‘yib, Ukraina ishlab chiqargan uchuvchisiz uchish apparatlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
Shuningdek, Ozarbayjon delegatsiyasi Ukraina Prezidenti devoni rahbari Andriy Yermak bilan muzokaralar olib bordi. Tomonlar siyosiy, iqtisodiy, energetika, transport va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini hamda mintaqaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.
Tashrif davomida delegatsiya Irpin shahriga ham borib, Ozarbayjonning moliyaviy va gumanitar ko‘magi bilan tiklangan Zarifa Aliyeva nomidagi litsey va shahar poliklinikasi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, Ozarbayjon hukumati ko‘magida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan madaniyat markazini tiklash loyihasi taqdim etildi.

Powered by Froala Editor