Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishni istaydi, dedi AQSh maxsus vakili
Siyosat
AQSh Prezidenti Donald Tramp O‘zbekistonga tashrif buyurishni istaydi. Bu haqda AQSh prezidentining global hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampolli ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika rahbari unga O‘zbekistonga borish istagi borligini shaxsan aytgan, biroq tashrifning aniq muddati hozircha belgilanmagan.
Zampolli bu fikrni O‘zbekistonga tashrifi davomida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” dasturiga bergan intervyusida bildirdi. U AQSh prezidentining ish jadvali nihoyatda tig‘iz ekanini, biroq ehtimoliy tashrif masalasi ilgari surilayotganini ta’kidladi.
“Uning O‘zbekistonga kelishni istashini bilaman. Prezidentning ish jadvali nihoyatda tig‘iz. Ammo u menga O‘zbekistonga tashrif buyurish istagi borligini aytgan. Men ham bu masalani doimo ilgari suraman. Demak, bir kun kelib O‘zbekistonga albatta tashrif buyuradi. Umid qilamizki, bu tashrif imkon qadar tezroq amalga oshadi”, — dedi Zampolli.
Maxsus vakil O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanayotganini ham qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat kelgusidagi hamkorlik uchun mustahkam asos yaratgan.
Donald Trampning O‘zbekistonga tashrifi sanasi bo‘yicha hozircha rasmiy e’lon qilinmagan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev avvalroq AQSh prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qilgan. 2026-yil 7-avgustdagi telefon orqali muloqot chog‘ida Mirziyoyev Trampni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga yana taklif qilgan.
Zampolli ayni paytda O‘zbekistonda ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi. Avvalroq u O‘zbekiston tomoni vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.

Powered by Froala Editor