Baxtiyor Saidov Gambiya va Portugaliyaning yangi elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi

Siyosat

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gambiya Respublikasining O‘zbekistondagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi Alkali Fanka Kontehning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqlab, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi.

Baxtiyor Saidov Gambiya va Portugaliyaning yangi elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi
O‘zbekiston Afrika davlatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berishini hamda Gambiya bilan munosabatlarda hali to‘liq ishga solinmagan salohiyat mavjudligini ta’kidladi.

Tomonlar amaliy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. O‘zbekiston tomoni yangi elchining faoliyati ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni aniq amaliy loyihalar bilan boyitishiga ishonch bildirdi.

Shu kuni Baxtiyor Saidov Portugaliyaning O‘zbekistondagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi Sara Martinsning ham ishonch yorliqlarini qabul qildi. Suhbat davomida aprel oyida Lissabonga amalga oshirilgan tashrif yakunlari, erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish, iqtisodiy diplomatiya va hududlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing