Toqayev Muxtor Tleuberdini yana tashqi ishlar vaziri etib tayinladi
Siyosat
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Muxtor Tleuberdini yana Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri etib tayinladi. Tegishli farmon 2-sentabr kuni imzolandi va Tleuberdi avval egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Tashqi siyosiy idora rahbariyatiga qaytishidan avval Tleuberdi Qozog‘istonning Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, shuningdek Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakili sifatida faoliyat yuritgan.
Muxtor Tleuberdi tashqi siyosiy tizimda o'ttiz yildan ortiq tajribaga ega karyer diplomat hisoblanadi. U Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligidagi xizmatini 1993 yilda attashe lavozimidan boshlagan. Keyinchalik vazirlikning markaziy apparati va mamlakatning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.
Faoliyatining turli davrlarida u tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, Qozog‘istonning Malayziya va Indoneziyadagi elchisi, shuningdek Shveytsariyadagi diplomatik missiya rahbari bo‘lgan. Shu bilan birga Lixtenshteyn va Vatikan bo‘yicha ham Qozog‘iston vakili sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan. 2016–2019 yillarda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Tleuberdi ilk bor 2019 yil sentabrida Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga rahbarlik qilgan. 2021 yil yanvaridan u Bosh vazir o‘rinbosari lavozimini ham egallab, 2023 yil apreliga qadar ushbu vazifani tashqi ishlar vaziri lavozimi bilan birga olib borgan. 2023 yil avgustida esa Avstriyadagi elchi va Venadagi xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakil etib tayinlangan.
Prezidentning yangi farmoniga ko‘ra, Muxtor Tleuberdi avval ham rahbarlik qilgan Qozog‘iston Tashqi ishlar vaziri lavozimiga qaytdi.

Powered by Froala Editor