O‘zbekiston Malayziya va Pokiston bilan diplomatik aloqalarni mustahkamlamoqda
Siyosat
O‘zbekiston Osiyo davlatlari bilan siyosiy muloqot va iqtisodiy hamkorlikni izchil kengaytirishda davom etmoqda. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziya va Pokistonning yangi elchilaridan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib, ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Ishonch yorliqlari nusxalari Malayziyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Rafeda binti Abdul Aziz hamda Pokistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Mudassir Tipu tomonidan topshirildi.
Uchrashuvlarda tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajada rivojlanayotganini qayd etib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish hamda hududlararo aloqalarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar.
Pokiston tomoni bilan oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish va Strategik sheriklik kengashi mexanizmlarini faollashtirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.
Baxtiyor Saidov yangi elchilarga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, Tashqi ishlar vazirligi ularning faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Powered by Froala Editor