AQŞ Yevropalik diplomatlar Lavrov bilan suratga tuşişni istamagani sababli G20 umumiy suratini bekor qildi
Siyosat
Atlantada G20 taşqi işlar vazirlarining an’anaviy jamoaviy surati Yevropa vakillarining Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan birga suratga tuşişga qarşi çiqqanidan söng bekor qilindi. AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio bahsni kuçaytirmaslik va muzokaralarga xalaqit bermaslik uçun fotosessiyadan voz keçdi.
«Katta yigirmatalik» mamlakatlari vazirlarining uçraşuvi 30–31-oktabr kunlari AQŞ raisligida Atlantada ötmoqda. Amerikalik rasmiylarga köra, bir neça delegatsiya Lavrov bilan birga suratga tuşiş taklif etilsa, zalni tark etişi mumkinligini bildirgan. Reuters bilan suhbatlaşgan Ğarb diplomati umumiy suratga iştirokçilarning qariyb uçdan biri, jumladan, Avstraliya va Kanada qarşi çiqqanini aytdi. Avval Rossiya vaziri iştirokidagi va usiz ikki alohida surat oliş varianti muhokama qilingan, biroq bu taklif ham amalga oşmadi.
Germaniya taşqi işlar vaziri Iogann Vadeful Yevropalik hamkorlar Lavrov bilan bir kadrda bölmasligini, çunki «Rossiya bilan munosabatlarda odatiy holat yöqligini» bildirdi. Şu bilan birga, u kelişmovçiliklarni muzokara stolida muhokama qiliş va munosabatlar me’yorlaşgani haqida notöğri taassurot uyğotmaslik kerakligini ta’kidladi.
Polşa boş vazir örinbosari va taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy suratning bekor qilinişini AQŞning töğri qarori deb atadi. «Lavrov bilan suratga tuşişni istamaydigan yagona odam men emasman», dedi u Atlantada jurnalistlarga. Avvalroq bir qator davlatlar Rossiyaning uçraşuvda qatnaşişidan, Ukraina hududiga raketa va dron hujumlari kuçaygan bir paytda xavotir bildirgan edi.
Muzokaralarni oçgan Rubio samarali muloqotga umid bildirdi va hozirgi davrni AQŞ hamda butun dunyo uçun muhim tanlov pallasi deb atadi. Uning sözlariga köra, özaro boğliq iqtisodiy va geosiyosiy inqirozlar jahon iqtisodiy tartibining asoslariga jiddiy tahdid tuğdirmoqda.
Suratning bekor qilinişi G20 içidagi kelişmovçiliklarni yaqqol namoyon etdi. Uçraşuv kun tartibida Ukraina uruşi, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi, Amerika tariflari hamda Janubiy Xitoy dengizidagi ziddiyatlar bor. Muzokaralar an’anaviy umumiy fotosuratsiz davom etdi.

Powered by Froala Editor