Eron Samarqand haqidagi postlarni izohladi: «Ular AQŞga qaratilgan edi»
Siyosat
Eron TIV vakili Ismoil Baqoi Eron elçixonalarining Samarqand haqidagi postlari Özbekistonga emas, AQŞga qaratilganini aytdi. Uning izohi 26-oktabr kuni, Taşkent Eron elçisini çaqirib, şaharning madaniy merosiga oid postlar yuzasidan norozilik notasini topşirganidan uç kun ö‘tib yangradi.
Tehrondagi brifingda jurnalist Eron diplomatik vakolatxonalarining kinoyali postlari ikki davlat munosabatlariga ta’sir qilişi mumkinmi, deb söradi. Postlar AQŞ davlat kotibi Marko Rubio 19-oktabr kuni Samarqandga taşrif buyurib, Markaziy Osiyoning beş davlati taşqi işlar vazirlari bilan uçraşgani va Registon fonida videomurojaat yozganidan keyin e’lon qilingan edi.
Baqoi javobini Rudakiyning Buxoroga bağişlangan şe’ridan parça bilan boşladi. Keyin Telegram’da Eron va Özbekiston örtasidagi aloqalar uzoq tarixga ega ekanini yozdi. Uning ta’kidlaşiça, Samarqand, Buxoro va mintaqaning boşqa qadimiy şaharlari Eron hamda qöşni xalqlarning umumiy madaniy va sivilizatsion merosining bir qismidir. Bu meros qöşniçilik aloqalarini mustahkamlaşga xizmat qilişi kerak.
«Bu holatda ayrim elçixonalardagi döstlarimizning murojaati Amerika tomoniga qaratilgan edi», dedi TIV vakili. Uning sözlariga köra, postlar AQŞning Eron sivilizatsiyasi, madaniyati va tarixiga nisbatan, Tehron fikriça, notöğri va noörin bayonotlariga e’tibor qaratiş uçun yozilgan. Baqoi qöşni davlatlar bilan munosabatlar Eron uçun muhimligini ta’kidladi.
Bahsga Eronning Bolgariya, Niderlandiya va Armanistondagi elçixonalari postlari sabab böldi. Ularda Registon fors madaniy merosining bir qismi sifatida ta’riflanib, Rubioga tarixni örganiş tavsiya etilgan. Bu çiqişlar Özbekistonda norozilik uyğotdi.
23-oktabr kuni Özbekiston TIV Eron elçisi Muhammad Ali Eskandarini çaqirib, Taşkent Samarqand tarixining biryoqlama va siyosiy talqini deb baholagan postlarni öçirişni hamda bunday holatlar takrorlanmasligini talab qildi. Özbekiston tomoni Samarqand, Buxoro, Xiva va boşqa şaharlar merosi özbek xalqining köp asrlik tarixi va davlatçilik an’analarini aks ettirişini qayd etdi.
OAV xabarlariga köra, Eronning bir neçta elçixonasi postlarni öçirgan. Baqoi norozilik notasiga va Taşkent talabiga alohida izoh bermadi. Mojaro ikki davlat munosabatlarida tarixiy meros mavzusi qançalik nozik ekanini körsatdi.

Powered by Froala Editor