O‘zbekiston va Germaniya oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishni muhokama qildi
Siyosat
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Germaniya Federativ Respublikasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Matthias Follertning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar va O‘zbekiston-Germaniya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Baxtiyor Saidov Germaniyani O‘zbekistonning Yevropadagi ishonchli va vaqt sinovidan o‘tgan hamkorlaridan biri sifatida yuqori baholadi. Ta’kidlanganidek, ikki tomonlama munosabatlar oliy darajadagi tashriflar va muntazam siyosiy muloqot orqali izchil rivojlanmoqda.
Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Vazir Matthias Follertga O‘zbekistondagi mas’uliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Avvalroq, 2026-yil 17–18-iyun kunlari Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan edi. Muzokaralarda savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Powered by Froala Editor