Oʻzbekiston Prezidenti TDT sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni Anqara shahrida boʻlib oʻtgan Turkiy davlatlar tashkilotining 13-sammitida ishtirok etdi.
“Turkiy asr: tilda, fikrda va ishda birlik” shiori ostida oʻtkazilgan tadbirda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov hamda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ham qatnashdi.
Sammit ishtirokchilari kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilib, aʼzo davlatlar oʻrtasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollarini koʻrib chiqdilar.
Davlatimiz rahbari oʻz nutqining avvalida mazkur yigʻilish buyuk sivilizatsiyalar chorrahasida joylashgan Anqarada yuksak saviyada tashkil etilgani uchun Turkiya Prezidentiga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, tadbir arafasida soʻlim “Beshtepa” bogʻida davlatlarimizning milliy-madaniy majmuasi ochilishi qardosh xalqlarning mushtarak merosini asrab-avaylashda muhim qadam boʻlgani va bu ramziy yodgorlik turkiy dunyo birligining yorqin timsoliga aylanishi qayd etildi.
Prezidentimiz bugungi kunda xalqaro munosabatlar tizimi tubdan oʻzgarib, geosiyosiy raqobat keskinlashayotganini, turkiy dunyo atrofidagi mintaqalarda kuzatilayotgan ziddiyatlar xavfsizlik va taraqqiyot istiqbollariga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini taʼkidladi.
Shu bois, Turkiy davlatlar tashkilotini oʻzaro ishonch va amaliy sheriklik maydoni sifatida yanada jipslashtirish zarurligiga eʼtibor qaratdi.
– Barchamiz ushbu ezgu yoʻlda yakdilmiz va oʻz kuch-gʻayratimizni turkiy birdamlik uchun safarbar etishga tayyormiz, – dedi Oʻzbekiston yetakchisi.
Davlatimiz rahbari turkiy davlatlar oʻrtasida hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarish yuzasidan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Tashkilot doirasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlar oʻtkazish, yondashuv va saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish muhim. Shu maqsadda uchinchi mamlakatlar bilan “Turkiy davlatlar tashkiloti plus” formatidagi hamkorlikni sohaviy vazirlar uchrashuvlaridan boshlash taklif etildi.
– Ushbu muloqotlar savdo, transport, investitsiya va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda aniq qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga qaratilishi lozim, – taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev.
Yuzta strategik qoʻshma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oluvchi, jumladan, nodir minerallarni qayta ishlash va “yashil” energetika uskunalarini mahalliylashtirishga qaratilgan “Turkiy dunyo – 100” dasturini qabul qilish taklif qilindi. Ushbu loyihalarga Turkiy investitsiya jamgʻarmasi va xalqaro moliyaviy institutlar resurslarini yoʻnaltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish uchun “Tijorat ishlari boʻyicha oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi koʻp tomonlama shartnoma hamda huquqiy yordam soʻrovlari va hujjatlarni elektron almashishga moʻljallangan raqamli platformani tashkil etish tashabbusi ham ilgari surildi.
Global taʼminot zanjirlari oʻzgarayotgan hozirgi sharoitda turkiy davlatlarning geografik oʻrni va tranzit imkoniyatlari tobora strategik ahamiyat kasb etmoqda.
Oʻrta koridorni yaxlit iqtisodiy tizimga aylantirish maqsadida “Turkiy davlatlar logistika komplekslari tarmogʻi”ni tashkil etish va birgalikda boshqarish taklif qilindi. Bu xalqaro yuk tashish va logistikada davlatlarimizning ishtirokini kengaytirish hamda iqtisodiy manfaatdorlikni oshirish imkonini beradi.
Turizm salohiyatini kengaytirish uchun esa “Turkiy turizm alyansi”ni tuzish, shuningdek, aholining oʻzaro safarlarini soddalashtirish va ID-kartalar asosida safar qilish imkoniyatlarini kengaytiruvchi koʻp tomonlama bitim ishlab chiqish taklif etildi.
Yurtimizda xorijlik yoshlar uchun taʼsis etilgan “Yangi Oʻzbekiston stipendiyasi” doirasida turkiy davlatlar vakillariga har yili taʼlim grantlari ajratilishi bildirildi.
Shuningdek, 2027-yilni “Tabiatni asrash yili” deb eʼlon qilish tashabbusi qoʻllab-quvvatlangani uchun minnatdorlik izhor qilindi hamda Oʻzbekiston taklifi bilan taʼsis etilgan buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotning Qozogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, elchi Dyusen Kaseinovga topshirilgani mamnuniyat bilan eʼtirof etildi.
Butun umrini turkiy til ravnaqiga bagʻishlagan hazrat Alisher Navoiy “Tilga ixtiyorsiz – elga eʼtiborsiz”, deb taʼkidlagan edi. Bugungi sammit shioridan kelib chiqib, barcha turkiy xalqlar uchun birdek tushunarli boʻlgan va tillarimizdagi mushtarak soʻzlarni jamlaydigan “Umumturkiy soʻzlar lugʻati”ni yaratish tashabbusi ilgari surildi.
– Ishonchim komilki, bugungi Anqara sammiti olijanob maqsadimiz, birdamlik gʻoyamiz va ulugʻvor rejalarimizga erishish yoʻlida muhim qadam boʻladi. Zero, barchamizning orzu-istaklarimiz va intilishlarimiz mushtarak. Biz bir boʻlsak, yanada qudratlimiz. Hamjihat boʻlsak, yanada yuksak marralarga albatta erishamiz, – dedi davlatimiz rahbari oʻz nutqi yakunida.
Tadbirda tashkilotning yangi Bosh kotibi lavozimiga Oʻzbekiston vakili Mirvohid Azimov nomzodi qoʻllab-quvvatlangani, shuningdek, navbatdagi sammit kelgusi yili Oʻzbekistonda oʻtkazilishi maʼlum qilindi.
Yakunda Anqara deklaratsiyasi hamda tashkilotga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar qabul qilindi.

Powered by Froala Editor