Oʻzbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

Siyosat

14-sentabr kuni Koreya Respublikasi Prezidentining “Chong Va De” qarorgohida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olishga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi
Davlatimiz rahbari va rafiqasini Prezident Li Chje Myon va rafiqasi qarshi oldilar.

Oliy martabali mehmon sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Shundan soʻng davlatimiz rahbari “Chong Va De” saroyining Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

Birgalikda rasmga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing