Vuchich Serbiya parlamentini tarqatib yuborish va 25-oktabrda muddatidan oldin saylov o‘tkazilishini e’lon qildi
Siyosat
Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich Milliy assambleyani tarqatib yuborish va muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish haqida e’lon qildi. U parlamentni tarqatish to‘g‘risidagi farmonni 9-sentabr kuni imzolashini, saylovlarni esa 25-oktabrga belgilashini ma’lum qildi.
Vuchich bu haqda RTS telekanali efirida aytib, avvalroq hukumatdan parlamentni tarqatib yuborish bo‘yicha taklif olganini qo‘shimcha qildi.
Davlat rahbari saylov kampaniyasining barcha ishtirokchilarini fuqarolarning ehtiyoj va muammolarini hisobga olishga hamda o‘z manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘ymasdan, «odamlarga yetib borish» yo‘lini topishga chaqirdi. U kampaniya davomida zo‘ravonlikka murojaat qilmaslik kerakligini ham ta’kidladi.
Vuchichning so‘zlariga ko‘ra, 45 kundan keyin fuqarolar «o‘z xohish-irodasini aniq ifodalash», nimani istayotganini va mamlakat kelajagini qanday tasavvur qilishini bildirish imkoniga ega bo‘ladi.
«Men har qanday demokratik natijani mamnuniyat bilan qabul qilaman, buni davlat uchun muhim deb hisoblayman. Agar muxoliflarim g‘alaba qozonsa, ularni tabriklayman va ular meni tabriklamasa, bundan ranjimayman, bunga ko‘nikib qolganman», — dedi Serbiya prezidenti.
Muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish qarori Vuchichning davlat rahbari lavozimini tark etishi mumkinligi haqidagi avvalgi bayonotlari fonida qabul qilindi. Iyun oyida Belgradda tarafdorlari mitingida so‘zlagan Vuchich prezident lavozimida «yana bir necha hafta» qolishini, shundan so‘ng mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik va parlament saylovlari o‘tkazilishi kerakligini aytgan edi.
«Men prezident bo‘lib yana bir necha hafta qolaman, keyin iste’foga chiqaman. Hech narsa abadiy emas va Xudoga shukrki, shunday», — degan Vuchich.

Powered by Froala Editor