O‘zbekiston va Turkmaniston strategik sheriklikni mustahkamlamoqda
Siyosat
O‘zbekiston va Turkmaniston strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, siyosiy muloqotni kengaytirish hamda amaliy hamkorlikni rivojlantirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. Ashxobodda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida yangi ikki tomonlama hujjatlar imzolandi va oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi qadamlar belgilandi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkmanistonga tashrifi doirasida Prezident Serdar Berdimuhamedov tomonidan qabul qilindi. Vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini Turkmaniston rahbariga yetkazdi.
Muzokaralarda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik izchil rivojlanayotgani, siyosiy muloqot, hukumatlararo aloqalar hamda savdo-iqtisodiy hamkorlik jadal sur’atlarda kengayayotgani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, Baxtiyor Saidov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar va chegaraoldi hamkorligini kengaytirish, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Shundan so‘ng ikki davlat TIVlari o‘rtasidagi navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha hukumatlararo bitim hamda 2027–2028-yillarga mo‘ljallangan TIVlar o‘rtasidagi hamkorlik dasturi imzolandi. Ushbu hujjatlar siyosiy muloqotni institutsional jihatdan mustahkamlash, amaliy hamkorlikni kengaytirish va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor