O‘zbekiston va Shveytsariya yangi qo‘shma loyihalar va sanoat kooperatsiyasini muhokama qildi
Siyosat
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shveytsariya Konfederatsiyasining O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Simone Petra Gigerning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Tomonlar siyosiy muloqotni faollashtirish va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Simone Petra Giger Shveytsariyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan bo‘lib, uning qarorgohi Toshkentda joylashadi.
Suhbat davomida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Baxtiyor Saidov elchiga mas’uliyatli diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, O‘zbekiston Shveytsariya bilan munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Simone Petra Giger 2026-yilgacha Shveytsariyaning Gana bo‘yicha elchisi sifatida faoliyat yuritgan va ushbu mamlakatdagi to‘rt yillik diplomatik missiyasini yakunlagan.

Powered by Froala Editor