Toqayev Qozog‘iston tashqi siyosat konsepsiyasidan Nazarboyev haqidagi eslatmalarni chiqardi
Siyosat
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatning 2020–2030-yillarga mo‘ljallangan Tashqi siyosat konsepsiyasiga o‘zgartirishlarni tasdiqladi. Hujjatdan mamlakatning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevga oid bevosita eslatmalar hamda uning tashqi siyosatdagi alohida rolini belgilovchi qoidalar chiqarib tashlandi.
Konsepsiyaning dastlabki tahririda asosiy tamoyillardan biri «Birinchi Prezident — Elboshi N. A. Nazarboyevning mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichidagi tashqi siyosiy kursi davomiyligi» sifatida belgilangan edi. Endilikda ushbu norma «mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichida tashqi siyosiy kursning davomiyligi» shaklida bayon etilgan. Dastlabki hujjatda Nazarboyev nomi bevosita keltirilgan.
Tashqi siyosatni amalga oshirish vositalariga oid bo‘limdan Nazarboyevga xalq, davlat organlari va mansabdor shaxslarga tashqi siyosatning muhim masalalari bo‘yicha tashabbuslar bilan murojaat qilish bo‘yicha umrbod huquq beruvchi norma ham chiqarib tashlandi. Mazkur huquq avval uning «tarixiy missiyasi» va Birinchi Prezident — Elboshi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun bilan bog‘langan edi.
Xalqaro platformalar ro‘yxatidan Astana iqtisodiy forumi, Yevroosiyo media forumi va Astana Club chiqarildi. Astana xalqaro forumi esa ro‘yxatda saqlab qolindi.
Hujjatda davlat institutlaridagi o‘zgarish ham aks etgan: «Parlament» atamasi «Qurultoy» bilan almashtirildi. 2026-yilda qabul qilingan rasmiy hujjatlarda Qurultoy mamlakatning qonun chiqaruvchi organi sifatida qayd etilgan.
Farmon imzolangan kundan kuchga kirdi.

Powered by Froala Editor